DEASh-ga qarshi kurashda Turkiyaning Xalqaro koalitsiya tarkibidagi hamkorligi davom etadi

Bosh vazir Binali Yildirim bu haqida, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali bo’lib o’tgan muloqatida chog’ida ma’lumot berdi.

691512
DEASh-ga qarshi kurashda Turkiyaning Xalqaro koalitsiya tarkibidagi hamkorligi davom etadi

Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyaning DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda Xalqaro koalitsiya tarkibidagi hamkorligini davom ettirajagini ma’lum qildi.

Bosh vazir Yildirim bu haqida, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali bo’lib o’tgan muloqatida chog’ida ma’lumot berdi.  

Turkiya Respublikasi Bosh vazirligi Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Binali Yildirim bilan Haydar al-Abadiy muloqat chog’ida xavfsizlik, iqtisodiy shuningdek ikki mamlakat kun tartibidagi mavzular bilan mintaqaviy dolzarb masalalarni qo’lga olgan.

Uchrashuvda Binali Yildirim bilan Haydar al-Abadiy terrorizmga qarshi kurash bosh bo’lish bilan birga o’zaro hamkorlikning rivojlanishi borasidagi o’rtoq irodalarni yana bir bor tasdiqlab oldilar. Bashika lageri to’g’risida davom etgan muloqat jarayoniga ham to’xtaldi.

Turkiyaning DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda Xalqaro koalitsiya tarkibidagi hamkorligini va unga hissa qo’shish faoliyatining davom etajagini ta’kidlagan Yildirim, PKK/ PYD terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga terrorizmga qarshi kurash borasida Turkiyaning faoliyati bilan umidlarini ham ifodaladi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy ham ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yana-da rivojlanishining ahamiyatiga to’xtaldi.

Xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikga e’tibor qaratgan Abadiy, Turkiyaga qarshi Iroq tuproqlarida hech qanday xavfning tug’ilishiga ruxsat berilmasligini ta’kidlab o’tdi.

 



Aloqador xabarlar