Turkiya va Rossiya ombudsmanlari hamkorlik qilish to’g'risida kelishib oldilar

Rossiya ombudsmani Moskalkova ikki mamlakat o’rtasida birinchi marotaba qo’l qo’yilgan ushbu shartnoma haqida gapirar ekan, uning hajmining kichikligini lekin mohiyatining inson huquqlari bilan bog’lik ekanligi jihatidan mazmunli ekanligini qayd etdi.

684517
Turkiya va Rossiya ombudsmanlari hamkorlik qilish to’g'risida kelishib oldilar

Poytaxt Anqarada uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro Ombudsmanlik simpoziumida Turkiya bilan Rossiya Ombudsmanlari hamkorlik qilish to’g’risida kelishib oldi va bu haqidagi memorandumga qo’l qo’ydilar.  

Qo’l qo’yilgan ushbu memorandumga ko’ra Rossiyadagi turklar uchun, Rossiya Ombudsmaniga murojaat qila olish imkoni tug’ildi.

Shartnomaga ko’ra har ikki mamlakat Ombudsmanlari o’zlarining davlat qonunlariga muvofiq ravishda ish olib boradi va o’z yurtida, inson huquqlarining himoya qilinishi uchun hamkorlik qiladi.

Yana huddi mana shu shartnomaga ko’ra tomonlarning har biri, ikkinchi tomon talablariga eng qisqa vaqt ichida javob beradi va bu muddat, talab yetib borgan kundan e’tiboran eng ko’p bir oyni o’z ichiga oladi.  

Ushbu shartnomaga Turkiya tomonidan mamlakatning Inson huquqlari bo'yicha vakili Sheref Malkoch bilan Rossiya tomonidan, Rossiyaning inson huquqlari bo'yicha vakili Tatyana Moskalkova qo’l qo’ydi.



Aloqador xabarlar