Turk Qurolli Kuchlari Suriya shimolida DAIShga a’zo 28 ta terroristni o’ldirdi

Turk Qurolli Kuchlarining bayonotiga ko’ra, operatsiyada Suriyaning Al-Bab viloyatidagi DAIShga tegishli ob’yektlar harbiy samolyotlar vositasida portlatilgan.

676015
Turk Qurolli Kuchlari Suriya shimolida DAIShga a’zo 28 ta terroristni o’ldirdi

Turk Qurolli Kuchlari Suriyaning shimolida Evfrat qalqoni operatsiyasini davom ettirmoqda.

So’ngi operatsiyalarda terror tashkiloti DAIShga a’zo 28 ta terrorist o’ldirildi.

Turk Qurolli Kuchlarining bayonotiga ko’ra, 181 kundan beri davom etgan operatsiyada Suriyaning Al-Bab viloyatidagi DAIShga tegishli ob’yektlar harbiy samolyotlar vositasida portlatilgan.

Quruqlik kuchlari qo’mondonligi tarkibidagi qo’shin esa, DAISh terror tashkilotiga tegishli 122 ta ob’yekni nishonga oldi.

Terror tashkilotiga oid yer to’lalar, mudofaa ob’yektlari, qo’mondonlik nazorat markazlari, qurol va texnik vositalar portlatildi.

DAIShning 18 ta ob’yektiga qaratilgan havo hujumida esa, terroristlar yashagan 14 ta bino, qarorgoh sifatida qo’llanilgan 2 ta bino, 1 ta o’q-dori ombori va portlovchi modda joylashtirilgan 1 ta transport portlatildi.

Ushbu havo operatsiyasida DAIShga a’zo 27 ta terrorist o’ldirildi.

Koalitsiya kuchlari tomonidan amalga oshirilgan jangovar operatsiyada esa, 1 ta terrorist o’ldirildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar