Prezident Erdog'an Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Erdog'an Ko’rfaz mamlakatlari safaridan qaytar chog’ida uchoqda, jurnalistlarga, Donald Trump bilan bo’lgan muloqati haqida bayonot berdi.

675180
Prezident Erdog'an Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ko’rfaz mamlakatlari safaridan qaytar chog’ida Donald Trump bilan bo’lgan muloqati haqida jurnalistlarga bayonot bergan Prezident Erdog'an Fetullahchi terror tashkiloti to’daboshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishini talab qilganligini va Trumpning bu masalani yaqindan kuzatib borishga va’da berganligini ma’lum qildi.

Rajap Tayyip Erdog'an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump  bilan bo’lgan muloqati chog’ida shuningdek, Suriyada, Erkin Suriya armiyasi tomonidan tinchlikning o’rnatilishi kerakligini ta’kidlab, Trumpni YPG va PYD terror tashkiloti borasida ogohlantirganligini aytdi.

Prezident,

“Kurashni YPG terror tashkiloti orqali olib bormasliklari kerakligini yetkazdim. Suriyaning Rakka shahrini DEASh terror tashkilotidan qutqarishga bag’ishlangan kurashda YPG terror tashkilotidan voz kechmagudek bo’lsangiz unda biz bu doirada siz bilan birgalikda kurash olib borolmaymiz. Siz PYD terror tashkilotiga ham, YPG terror tashkilotiga ham muhtoj emassizlar. Bu vazifani koalitsiya kuchlari bilan birgalikda, a’lo darajada, birgalikda olib bora olamiz” deganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Suriyadagi xavfsiz hududda turar-joy qurish loyihasiga AQSh Prezident Trumpning hissa qo’shishga tayyor ekanligini ham qayd etgan Erdog’an, Rossiyaning ham bunga e’tirozi yo’qligini ta’kidladi.

Jurnalistlar uchoqda Prezident Erdog'anga, Isroilning musulmonlarga qarshi olib borgan siyosati haqida ham savol berdilar.

Erdog’an bunga qarshi,

“Turkiya-Isroil munosabatlari endigina qayta tiklandi der ekan Quddustagi al-Aqsa masjidiga qarshi noto’g’ri qadamlar tashlandi. Ortidan esa azon o’qishni man etishga harakat qilindi. Bizning, yurtimizdagi yahudiylarga qarshi bunga o’xshash muomala qilish niyatimiz yo’q” dedi.

 



Aloqador xabarlar