Turk Qurolli Kuchlari Suriya shimolida terroristlarga kun bermayotir...

Suriyaning shimolini terroristlardan tozalash maqsadida olib borilgan operatsiyada DAIShga a’zo 13 ta terrorist o’ldirildi, DAIShga tegishli 70 ta ob’yekt portlatildi.

674487
Turk Qurolli Kuchlari Suriya shimolida terroristlarga kun bermayotir...

Turk Qurolli Kuchlari Suriya shimolida Evfrat qalqoni operatsiyasini davom ettirmoqda.

Suriyaning shimolini terroristlardan tozalash maqsadida olib borilgan operatsiyada DAIShga a’zo 13 ta terrorist o’ldirildi.

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan qo’llab quvvatlangan Mustaqil Suriya qo’shini terroristlardan tozalangan Al Bab hududini mina va boshqa portlovchilardan tozalashga kirishdi.

Kuni bilan davom etgan jangovar operatsiyada terror ob’yektlari 70 marta quruqlikdan, 8 marta havodan portlatildi.

Quruqlik kuchlari qo’mondonligiga tegishli qo’shin askarlari DAIShga tegishli 70 ta ob’yektni portlatdi, terroristlar yashirinadigan yer to’lalar va qurol-aslaha omborlari nishonga olindi.

Harbiy samolyotlar DAIShga tegishli 7 ta ob’yektni portlatdi, terroristlar tomonidan qo’llanilgan bino, 1 ta transport vositasi, 1 ta ko’tarma kran va 1 ta qurol ombori portlatildi.

Koalitsiya kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo operatsiyasida esa, bomba ortilgan mashina portlatildi.

 

 



Aloqador xabarlar