Turkiyada 16 aprel kuni referendum o’tkaziladi

Turkiyada yangi konstitutsiyani ovozga qo’yish maqsadida shu yilning 16 aprel yakshanba kuni referendum o’tkaziladi.

670487
Turkiyada 16 aprel kuni referendum o’tkaziladi

Turkiyada shu yilning 16 aprel kuni referendum o’tkaziladi.

Bu haqda Oliy saylov kengashi raisi Sadi Guven ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Turkiyada konstitutsiyaga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishni ovozga qo’yish maqsadida shu yilning 16 aprel yakshanba kuni referendum o’tkaziladi.

Bayonotga ko’ra, xorij mamlakatlarda tashkil qilingan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni shu yilning 27 martidan 9 aprel kunigacha davom etadi.

Bojxonalarda esa, 27 martdan 16 aprelgacha ovoz berish mumkin.

 



Aloqador xabarlar