Prezident Erdog'an bilan Donald Trump o'rtasidagi ilk rasmiy muloqat amalga oshdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Amerika Qo’shma Shtatlarining yangi Prezidenti Donald Trump bilan ilk rasmiy muloqatini amalga oshirdi.

667560
Prezident Erdog'an bilan Donald Trump o'rtasidagi ilk rasmiy muloqat amalga oshdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Amerika Qo’shma Shtatlarining yangi Prezidenti Donald Trump bilan ilk rasmiy muloqatini amalga oshirdi.    

Amerika tomoni tashabbusi bilan amalga oshgan Anqara-Vashington o’rtasidagi ilk rasmiy uchrashuv qariyb 45 daqiqa davom etdi.  

 Uchrashuvda Turkiya va AQSh o’rtasidagi har doimgi do’stlik va ittifoqlik ta’kidlandi.

Prezidentlik apparati manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra ikkala lider, har qanday terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettirish borasida qarorli ekanliklarini yana bir bor bildirdilar.

AQSh lideri Trump, o’z yurtining strategik sherigi va NATO bo’yicha ittifoqdoshi bo’lgan Turkiyani qo’llab-quvvatlashlarini ifodalab, DEASh terror tashkilotiga qarshi davom etgan kurashga Turkiya tomonidan qo’shilgan butun hissalarni minnatdorchilik bilan qarshi olganliklarini ma’lum qildi.

Trumpning Prezident Erdog'an bilan bo’lgan uchrashuvini Tashqi ishlar vaziri Res Tillerson bilan amalga oshirgan yig’ilish ortidan amalga oshirishi esa e’tiborlardan qochgani yo'q.

Aslida ikkala lider, avval ham norasmiy ravishda bo’lsa ham telefon orqali muloqat qilgan edi.

Ushbu uchrashuvda Turkiya va AQSh o’rtasidagi hurmat, o’rtoq foyda va qadriyatlar asosida tashkil topgan ikkita ittifoq davlat ekanligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, ikki mamlakat munosabatining yana-da rivojlanishiga ishonchi komil ekanligini ifodalagan edi.

Erdog’an bilan Trump, terrorga qarshi kurash bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy va xalqaro mavzularda hamkorlik qilish to’g’risida qarorli ekanliklarini ham ta’kidlagan edilar.

 

 



Aloqador xabarlar