Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Wirtu ertaga Turkiyaga keladi

Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Wirtu Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning taklifiga binoan ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.

665444
Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Wirtu ertaga Turkiyaga keladi

Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Wirtu Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning taklifiga binoan 2017-yilning 6-10-fevrali kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.  

Turkiya Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatı tarqatgan ma'lumotga ko'ra Wirtu Prezident Erdog'an bilan 7-fevral kuni yuzma-yuz uchrashadi.  

Uchrashuvda o'zaro munosabatlar bilan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar kun tartibiga olib chiqiladi.

Shuningdek ushbu ziyorat chog'ida ikkala mamlakat o'rtasidagi turli shartnomalarga ham qo'l qo'yilishi kutilmoqda.  

Efiopiya Prezidenti Mulatu Teshome Wirtu Turkiyaga tashrif buyurar ekan ayni vaqtda Efiopiyaning Anqaradagi elchixonasining yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etadi. 

 



Aloqador xabarlar