Bosh vazir Yildirim, konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish taklifining ba'zi moddalariga to'xtaldi

Bosh vazir Binali Yildirimning aytishicha, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish orqali qog’ozbozlik ishlari tezlashib, xizmat berish yo’llari yana-da qulaylashadi.

665588
Bosh vazir Yildirim, konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish taklifining ba'zi moddalariga to'xtaldi
başbakan sakarya.jpg

Bosh vazir Binali Yildirimning aytishicha, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish orqali qog’ozbozlik ishlari tezlashib, xizmat berish yo’llari yana-da qulaylashadi.

Turkiyaning Sakariya viloyatida bo’lib o’tgan Adolat va taraqqiyot partiyasining viloyat kengashida telekonferans orqali ishtirok etgan Bosh vazir Yildirim, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish masalasining Prezidentning 2007-yili, xalq tomonidan, to’g’ridan-to’g’ri saylanishiga muvofiq amalga oshirilgan yangilik ekanligini qayd etdi.

Yildirim vaziyatni rejimni o’zgartirish mavzusi, Turkiyaning hayot-mamot masalasi deb baholashlar kabi notog’ri fikrlarning xalqning irodasi bilan qaroriga qarshi sadoqatsizlik, hurmatsizlik ekanligini aytdi.

Yangi tizim uchun taklif qilingan moddaga ko’ra, parlament deputatlari bilan prezidentning bir kunda saylanishi talab qilinganligini eslatgan Bosh vazir,

“Prezidentlik saylovi ham huddi TBMM saylovlaridek 5 yilda 1 marotaba bo’ladi va saylovchilar ikkala saylov uchun ham bir kunda ovoz beradi. Mamlakat uchun xizmat qilinadi. Majlis, hukumat uchun kerakli barcha tartib-qoidalarni amalga oshiradi, xalqqa kerakli qonunlar chiqaradi” dedi.

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish orqali Prezidentning burch va huquqlarining o’zgarmasligini ham ta’kidlagan Yildirim,

“Nimalar o’zgarishi mumkin? Saylovchilar avval majlisni saylayotgani yo’q. Ular to’g’ridan-to’g’ri hukumatni saylaydi. Xalq saylovda mamlakatni 5 yil boshqaradigan hukumatni sayladi. Shu xalos” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar