Reina terakti:Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. qamoqqa olindi

Tergov doirasida ma’lum bo’lishicha, Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. DAISh terror tashkilotiga a’zo bo’lgan.

665188
Reina terakti:Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. qamoqqa olindi

Istanbulda yangi yil kechasi sodir bo’lgan Reina teraktiga doir tergov davom etmoqda.

Tergov doirasida voqeaga aloqadorlikda gumon qilinib, qo’lga olingan 11 ta shaxs qamoqqa olindi.

Qamoqqa olinganlar orasida terrorchilik harakatini sodir qilgan Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. ham o’rin olgan.

Istanbul sudi Reina teraktiga yaqindan aloqasi bo’lgan ushbu 11 ta shaxsni konstitutsion tartibni tubdan yo’q qilishga tashabbus ko’rsatganlikda va qurolli terror tashkilotiga a’zo bo’lganlikda ayblab qamoqqa oldi.

Tergov doirasida ma’lum bo’lishicha, Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. DAISh terror tashkilotiga a’zo bo’lgan.

U rasmiy hujjatlarda haqiqiy ismini o’zgartirib, “Fotima Abdurrahim” laqabidan foydalangan.

Abdulqodir Masharipovning turmush o’rtog’i Zarina N. qo’lga tushirilishdan bir kun oldin o’g’il farzandini DAIShga a’zo ikkita terroristning qo’liga topshirgan.

Qamoqqa olingan shaxslardan ikki nafari Abdulqodir Masharipovning yashirinishiga va qochishiga yordam bergan.

Ma’lum bo’lishicha, Abdulqodir Masharipov Reina teraktini sodir qilgach, taksi vositasida Zeytinburni dahasidagi bir kafega borgan.

Qamoqqa olinganlar orasida ushbu kafening egasi ham o’rin olgan.

Kafeda Abdulqodir Masharipovga taksiga berish uchun 40 lira pul va bir kurtka berilgan, so’ngra yashirinish uchun bir kvartiraga olib borilgan.

Terrorist Abdulqodir Masharipov va voqeaga aloqadorlikda ayblangan shaxslar ustidan tergov davom etmoqda.

So’ngi ma’lumotga ko’ra, ushbu jinoiy ish yuzasidan olib borilgan tergov doirasida Turkiyaning Bursa shahrida DAISh terror tashkilotiga a’zo bo’lgan chet el millatiga mansub 13 ta shaxs qo’lga tushirildi.

Eslatma: Yangi yil kechasi Reina tungi klubiga sodir qilingan terrorchilik harakati oqibatida 39 kishi halok bo'lgan, 69 kishi jarohatlangan edi.

Ushbu terrorchilik harakatida javobgarlikni DAISh o'z zimmasiga oldi.

Hujumni sodir qilgan terrorist Abdulqodir Masharipov voqeadan 16 kun o'tgach, Turkiya maxsus xavfsizlik kuchlari tomonidan Istanbulning Esenyurt dahasidagi kvartirada qo’lga tushirildi.

U tez orada barcha aybiga iqror bo’ldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar