Reina terakti:Ilyos Mamasharipov va turmush o’rtog’i Marhabo Abdullayeva qamoqqa olindi

Tergov doirasida ma’lum bo’lishicha, Reina klubida qon to’kkan terrorist Abdulqodir Masharipov Ilyos Mamasharipovdan buyruq olgan.

663018
Reina terakti:Ilyos Mamasharipov va turmush o’rtog’i Marhabo Abdullayeva qamoqqa olindi

Yangi yil kuni Istanbulda Reina tungi klubiga sodir qilingan terrorchilik harakatiga doir tergov davom etmoqda.

Istanbul Bosh prokuraturasi terrorizm va uyushgan jinoyatchi to’dalarga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan yuritilgan tergov doirasida voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan 17 shaxsdan 10 nafari qamoqqa olindi.

Ma’lum bo’lishicha, qamoqqa olinganlar orasida Reina tungi klubiga hujum qilishga buyruq bergan shaxs ham o’rin olgan.

Tergov doirasida ma’lum bo’lishicha, Reina klubida qon to’kkan terrorist Abdulqodir Masharipov Ilyos Mamasharipovdan buyruq olgan.

Ular 20 kun mobaynida bitta hujrada qolishgan.

Ashaddiy terrorist Ilyos Mamasharipov “konstitutsiyaviy tartibni tubdan yo’q qilishga tashabbus”, “qurolli terror tashkilotiga a’zo bo’lish” va “qastdan odam o’ldirishga yordam berish”da ayblanib qamoqqa olingan.

Mamasharipovning turmush o’rtog’i Marhabo Abdullayeva bilan voqeaga aloqador bo’lgan 8 ta shaxs qamoqqa olindi.

Shubhali 5 ta shaxs esa adliy nazorat sharti bilan qo’yib yuborildi.

Eslatma: Yangi yil kechasi Reina tungi klubiga uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo'lgan, 69 kishi jarohatlangandi.

Ushbu terrorchilik harakatida javobgarlikni DAISh o'z zimmasiga oldi.

Hujumni sodir qilgan terrorist Abdulqodir Masharipov voqeadan 16 kun o'tgach, Turkiya maxsus xavfsizlik kuchlari tomonidan Istanbulning Esenyurt dahasidagi kvartirada qo’lga tushirildi.

U tez orada barcha aybiga iqror bo’ldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar