Firat qalqoni amaliyotining 162-kuni terroristlarga oid 186 obyekt vayron qilindi

Firat qalqoni amaliyoti, Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turk Qurolli kuchlari rahbarligida 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlatildi.

663117
Firat qalqoni amaliyotining 162-kuni terroristlarga oid 186 obyekt vayron qilindi

Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turk Qurolli kuchlari rahbarligida boshlatilgan Firat qalqoni amaliyotining 162-kuni, DEASh terror tashkilotiga oid 186 obyekt vayron qilindi shuningdek, 14 terrorist qo’lga tushirildi.

Nishonni aniqlash vositalari orqali aniqlangan nuqtalarga ham yerdan, ham havodan hujum qilindi.

Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid uchoqlar, Suriyaning al-Bob va Bzargah mintaqalarida aniqlangan 23 ta obyektni yo’q qildi. Boshpana sifatida foydalanilgan 21 ta bino, 1 ta qarorgoh binosi va 1 ta bombali vosita yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar