Angela Merkel, 2 Fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel, 2 Fevral kuni Turkiyaga tashrif etadi.

659919
Angela Merkel, 2 Fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel, 2 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Merklening kun tartibida ko'chmanchi muammosi, mintaqaviy masalalar, terrorga qarshi mushtarak kurash olib borish va iqtisodiy mavzulor joy olmoqda.

Merkelning, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Germaniyada Sentyar oyi bo'ladigan saylovlarga 4. marta nomzodligini qo'tgan  Angela Merkelning kun tartbi gavjum.

Tanqidlarga qaramasdan ko'chmanchilar uchun ochiq eshik siyosati izlagan, bu masalaga faqat  Turkiya bilan birga yechim topilishini ifoda etgan Merkel, o'tgan saylovlarda ushbu muvaffaqiyatini ommaviy jamoatchilikka ko'rsatmoqchi bo'lgan edi.

Germaniya Bosh vaziri Turkiya ziyorati chog'ida xavfsizlik va terrorga qarshi hamkorlik mavzularini muhokama qiladi.

Merkelning Anqara ziyorati bilan ayni kunlarda Germaniyadan yuqori darajali bir hay'at ham, Turkiyaga tashrif etib xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

Ichki ishlar vazir maslahatchisi Emily Haber boshchiligidagi hay'at uchrashuvlarida, terrorga qarshi kurashni kuchlantirish kirishuvlarini ko'zdan kechirishi kutilmoqda.

Turkiya shuningdek Fethulloh terror tashkilotining (FETO) Germaniyada faoliyatlarini taqiqlab,15 iyul to'ntaruv tashabbusidan keyin Germaniyaga qochib ketgan FETO a'zolarini qaytarilishini talab qilmoqda.

Angela Merkelning ziyoratida, iqtisodiyot va tijoriy aloqalarni rivojlantirish mavzulari ham alohida joy olmoqda.

Ziyorat doirasida, Germaniyadagi buyuk tijoriy sheriklaridan Turkiyagagi sarmoyadorlarning masalalari va umidlarini muhokama qilinishini, sarmoya kiritishga rag'batlantirish borasida baynotlar berishi bildirildi.

 



Aloqador xabarlar