TBMMda Konstitutsiyaning yana 4 ta moddasiga o’zgartirish kiritish taklifi qabul qilindi

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan yig’ilishning ikkinchi bosqichi ham o’z yakuniga yetay deb qoldi.

655782
TBMMda Konstitutsiyaning yana 4 ta moddasiga o’zgartirish kiritish taklifi qabul qilindi

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan yig’ilishning ikkinchi bosqichi ham o’z yakuniga yetay deb qoldi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisining Yalpi yig’ilishida konstitutsiyaning yana 4 ta moddasiga o’zgartirish kiritish taklifi qabul qilindi.

8-modda 339; 9-modda 341; 10-modda-340; 11-modda 342 ovoz bilan qabul qilindi.

8-moddada Prezidentning “davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i” ekanligi aytilar ekan unga ijro to’g’risida qarornoma chiqarish huquqi shuningdek, Prezident o’rinbosarlari bilan vazirlarni tayin qilish va ularni vazifasidan chetlatish huquqini berish talab qilinmoqda.

9-modda Prezidentning jinoiy javobgarlik tartibi to’g’risida.

Ushbu moddaga ko’ra Prezident haqida “jinoyatga qo’l urdi” degan iddio bilan tergov boshlatilishi talab qilina oladi.

Talabning majlisdagi mutloq ko’pchilik tomonidan yetkazilishi yetarlidir.

Buning Oliy sudga yuborilishi uchun esa 400 deputat ovoz berishi kerak.

10-modda esa Prezident o’rinbosarlari va ularning vakillik qilish huquqlari haqida.

Prezidentlik maqomi qandaydir bir sabab bilan bo’shab qolgudek bo’lsa unda Prezidentning o’rniga vaqtinchalik uning o’rinbosari vakillik qiladi.   

Saylovlarning yangilanishi tufayli 11-modda o’zaro bekor qilinishni o’z ichiga oladi.

Bunga ko’ra 360 ovoz bilan Majlis va Prezidentlik saylovlarining takrorlanishi to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar