Abdulgadir Masharipov, 20 daqiqada osonlik bilan qo'lga olindi

Istanbulda terakt uyushtirgan Abdulgadir Masharipov, 20 daqiqada osonlik bilan qo'lga olindi.

653980
Abdulgadir Masharipov, 20 daqiqada osonlik bilan qo'lga olindi

Istanbulda yang yil kechasi 39 kishi qurbon bo'lgan teraktni uyushtirgan Abdulgadir Masharipov, 20 daqiqada osonlik bilan qo'lga olindi.

Shunday qilib Turkiya, bir terror hujumi uyushtirgan kishini jonli ravishda qo'lga olgan ilk davlat bo'ldi.

Terroristning qo'lga tushishi bilan bog'liq "Rejalashtirilgan, Ta'sirsiz Holga Keltirish Operatsiyasi" bilan aloqali tafsulotlar maydonga chiqishga boshladi.

Xavfsizlik Mudiri Mustafa Chalishkan, operatsiyadan oldin mahalliy soat bilan 22:00 daTerrorga Qarshi Kurash Bo'limidan xodimlar bilan yig'ilish o'tkazdi.

Maxsus brigada bir soat o'tgandan keyin Esenyurtga borib 23:15 da operatsiyani boshlatdi.

Maxsus brigada eshikni sindirib ichkari kirdi.

Yotoqda qo'lga olingan terrorist, daslab "Sizlar qidirgan kishi men emas" dedi. Lekin yuzidagi xoli va yara izlari uni fosh qildi.

Hujumchi, 20 daqiqada bir o'q ham otilmasdan qo'lga olindi.

Ijaraga uy tutgan DEASh a'zosi Irolik bir kishi bilan 3 nafar xorijlik ayol ham qo'lga olindi.

Ushbu guruhning qochish uchun qalbaki pasort kutgani bildirildi.

Istanbul Gubernatori Shahin Xavfsizlik Mudiri Mustafa Chalishkan bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, operatsiyalar uchun tahminan 7 ming 200 soat kamer qaydining tekshirilganini va maxsus brigada bilan bir qatorda 2 ming politsiya xodimining ham vazifa olib borganini izohladi.

Ko'niya, Hatay, Izmir va Istanbulda razvetka bo'limi hamkorligida bir operatsiya uyushtirilganini ifoda etgan Gubernator Shahin, "Politsiyamiz muhim faoliyat olib bormoqda. Bu doirada tahminan 152 uyda tintiuv o'tkazildi. 50 kishi qo'lga olindi. 168 xorijlik bo'lish e'htimoli bo'lgan kishilar ham ko'chmanchilar bo'limiga topshirildi" dedi.

Shunday qilib, Turkiya, dunyoda ilk marta bir hujumchini jonli qo'lga olgan bo'ldi.

Hujumni uyushtirgan kishilar jonsiz qo'lga olingan Yevropa Ittifoqida, Shahin qo'lga olingan DEASh a'zoslari bilan aloqali bayonot berdi.

Shubxalining qo'lga olinishi xalqaro agentliklar va xorij matbuotida so'ngi xabarlar sifatida joy olar ekan, Gubernator Shahinning bayonotlari ham BBC, CNN, El Jazira kabi xabar kanallari orqali uzatildi.

Yevropa Xavfsizlik vakillari, terror tashkiloti DEAShdan faqat Fransiyaning poytaxti Parijda 2015 yili 13 noyabr kuni hujumni uyushtirgan Salah Abseslamni qo'lga olingan edi.

Belgiyaning poytaxti Brusselda Molenbeekga qaytgan hujumchi Abdeslam, oyog'idan yaralangan holda qo'lga olingan edi.



Aloqador xabarlar