Turkiya konstitutsiyani o’zgartirish qonun taklifining birinchi tur ovoz berish ishlari yakunlandi.

Turkiya Respublikasi konstitutsiyani o’zgartirishi borasida qonun taklifining ” birinchi tur  voz berish ishlari yakunlandi.

651922
Turkiya  konstitutsiyani o’zgartirish qonun taklifining birinchi tur ovoz berish ishlari yakunlandi.

Turkiya oliy millat majlisi (TAMM) Bosh kengashida, Adolat va Taraqqiyot partiyasi 18 moddadan tashkil topgan “ Turkiya Respublikasi konstitutsiyani o’zgartirishi borasida qonun taklifining ” birinchi tur  ovoz berish ishlari yakunlandi.

Uchrashuvlarga 9- yanvar dushanba kuni boshlagan taklif  bosh kengashdagi   muzokaralar to’xtovsiz 7 kun davom etdi.

Taklif bilan Konstitutsiya” Sud salohiyati” lavhasi bilan o’zgartiriladi. Sud salohiyati, Turk millati nomidan mustaqil mahkamalar tomonidan  olib borilishiga doir hukm, “ mustaqil va tarafsiz” mahkamalar tomonidan olib boriladi deb o’zgartirilmoqda.

Taklif bilan,  deputat soni 550dan 600 nafarga yuksaladi.

Deputatni  saylanish yoshi 25dan 18ga pasaytiriladi. “ Harbiy aloqasi bo’lganlar” deputat nomzodi bo’la olmas.

Konstitutsiya TAMMning saylov davri” sarlavhali modda, “TAMM va prezident saylov davri” sifatida o’zgartirilmoqda.

TAMM  saylovlari 4 yilda  emas, 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Prezidentlik saylovlari ham TAMM saylovlari kabi besh yilda bir bo’ladi va saylovchilar ikki saylov uchun ayni kun saylov  okruglariga  boradi. Muddati to’lgan deputat yangidan saylana oladi.

Prezidentlik saylovida birinchi ovoz  berishda kerakli ko’pchilikni ta’min etila olmagan taqdirda, zikr etilgan usulga ko’ra ikkinchi marotaba ovoz beriladi.



Aloqador xabarlar