TBMM-da, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifning 3 ta moddasi qabul qilindi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Yalpi yig’ilishida konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifning uchinchi, to’rtinchi va beshinchi moddalari qabul qilindi.

649983
TBMM-da, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifning 3 ta moddasi qabul qilindi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Yalpi yig’ilishida konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifning uchinchi, to’rtinchi va beshinchi moddalari qabul qilindi.  

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifning uchinchi moddasiga 341 ta ijobiy, 139 ta salbiy ovoz berildi. Shuningdek 3 ta ovoz berish varaqasi bosh, 2 tasi esa yaroqsiz chiqdi.

Taklifning uchinchi moddasida saylanish yoshi 25 yoshdan 18 yoshga tushirilishi va harbiy xizmatini o’tamaganlarning deputatlik uchun o’z nomzodligini qo’yolmasligi talab qilinmoqda.

Prezidentlik saylovlarining 5 yilda 1 marotaba shuningdek,  TBMM saylovlari bilan bir kunda o’tkazilishini taklif qilgan to’rtinchi moddasiga esa 343 ijobiy, 139 salbiy ovoz berildi.   

Taklifga ko’ra TBMM saylovlari 4 yilda 1 marotaba emas, 5 yilda 1 marotaba o’tkaziladi. Prezidentlik saylovi ham huddi TBMM saylovlaridek 5 yilda 1 marotaba bo’ladi va saylovchilar ikkala saylov uchun ham bir kunda ovoz beradi. Cheklangan vaqti tugagan deputat takror saylanish huquqiga ega.

Prezidentlik saylovida birinchi bosqichda kerakli ovozni ololmagan nomzod, aniqlangan usulga qarab ikkinchi marotaba ovozga qo’yilishi mumkin.   

Yalpi yig’ilishda, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifning, majlisning burch va huquqlari ro’yhatga olingan beshinchi moddasiga esa 343 ta ijobiy, 7 ta salbiy ovoz berildi.  

Taklifning beshinchi moddasiga ko’ra TBMMning burch va huquqlari, “qonun chiqarish, uni o’zgartirish yoki bekor qilish, taklif qilingan byudjet va xarajatlarni muhokama va qabul qilish, pul bosib chiqarish va urush e’lon qilish haqida qaror qabul qilish, xalqaro shartnomalarning tasdiqlanishini maqullash, TBMM a’zolari sonining 5 dan 3 bo’lagining qarori bilan umumiy va maxsus af e’loni haqida qaror qabul qilish, konstitutsiyaning boshqa moddalarida talab qilingan burch va huquqlardan foydalanish va o’z vazifalarini bajarish” deya qayd etildi.      



Aloqador xabarlar