39 nafarni qatl etgan terrorist katta ehtimol bilan bir nafar Uyg’ur...

39 nafarni  qatl etgan terrorist katta ehtimol bilan Uyg’ur ekanini ma’lum qildi.

644939
39 nafarni qatl etgan terrorist katta ehtimol bilan  bir nafar Uyg’ur...

Bosh vazir O’rinbosari Veysi Kaynak, Istanbulda bir tungi klubda yangi yilni nishonlash uchun yig’ilganlardan 39 nafarni  qatl etgan terrorist katta ehtimol bilan Uyg’ur ekanini ma’lum qildi.

“Kimligini , xavfsizlik kuchlari biladi” dedi.

Veysi Kaynak, shaxsiy bir televideniye kanalida savollarga javob berdi.

Kaynak, terrorist, maxsus ravishda yetishtirilgan bir hujra terroristi ekanligi  aniqlandi deb aytdi.

Terroristning kimligi va aloqalari  aniqlanganini aytgan Bosh vazir o’rinbosari, katta ehtimol “  bir Uyg’ur” dedi.

“ Bosqinni 2 nafar terrorist amalga oshirgan” bo’lishi mumkinmi degan bir savolga, Veysi kaynak,

“Ushbu ehtimollarning barchasi tadqiq qilinmoqda. Qatliomni  bir kishi amalga oshirgani oshikor. Bir avtomatdan otilgan o’qlar bilan ushbu qatliom  amalga oshirilgan” dedi.

Kaynak,

“ Zamonaviy Turkiyani  bilgan va yangi yilni Turkiyada o’tkazmoqchi bo’lgan xorijiy sayyohlarimiz afsuski halok bo’ldi. Hujum barchamizni judayam g’amgin qildi” dedi.

Bosh vazir o’rinbosari, terroristning chet elga qochish ehtimoliga qarshi chora- tadbirlar orttirildi dedi.

 



Aloqador xabarlar