Prezident voizi Ibrahim Kalinning 2016 yili borasidagi fikr va mulohazalari...

Prezident voizi Ibrahim Kalinning 2016 yili borasidagi fikr va mulohazalari...

642426
Prezident voizi Ibrahim Kalinning 2016 yili borasidagi fikr va mulohazalari...

Ibrahim Kalin- DailySabah 31.12.2016

2016 - Global muammolar yili...

2016 dunyo uchun dardli bir yil bo’lib o’tdi.

Global terrorizm, ichki urushlar qochqin inqirozi, mazhab to’qnashuvlari, geosiyosiy kuch namoyishi,  tobora  o’sgan iqtisodiy tengsizlik  va xalqaro  jamoatchilikda  global qon oqishini  to’xtatishdagi muvaffaqiyatsizlik   shol desak bo’ladigan 2016 yili, ma’sum hayotlarning  yo’q bo’lishi, kambag’allik va ezilganlar o’z holiga qoldirilgan  bir yil bo’ldi.

Agar 2017- yilini   barchamiz farqli bo’lishini istardik, dini ishonch, madaniyat yoki milliyatimizga qaramasdan birlashtirgan yagona xususiyat  bo’lgan  inson  sharafini himoya qilish bilan ishga boshlash majburiyatidamiz.

Holi hozir xalqaro tizim ma’lum muddatdan beri go’yo  shol vaziyatda.  

BMT tizimi ishlamaydi. Shoshilinch islohotlarga  ehtiyoji bo’lishiga qaramasdan BMT xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari buni tortishmoq  hatto istamaydilar. Ba’zi BMT organlari yaxshi narsalar qilishmoqda faqat bu har vaqt BMT byurokratiyasi tomonidan to’sqinlikka  uchrab va sohadagi ehtiyojlarni  qondirishga yetmaydi.  

AQSh va Yevropa, transatlantik  ittifoqini  oyoqda ushlab to’xtagan ikki stundir. Bu  Suriya urushi, Iroqdagi murakkablik, qochqin inqirozi, Ukrainadagi  to’qnashuvlar, global terrorizm, kiber xavfsizlik, avj olgan irqchilik, İslamafobiye  juda ko’p muammo qarshisida xalqaro nizom  de facto cho’kishining oldini olishda muvaffaqiyatsiz bo’lmoqda.

Boshqa tomondan, bugungi kunda yevropa rahbariyatining   uzoqni ko’rish  qobiliyat yetarsizlikdadir. E’lon qilinmagan bir asos sifatida, Yevropa  poytaxtlarining hech birining  muhim strategik qarori Vashingtonning himoyasi va rahbariyati bo’lmasdan turib amalga oshmayatir.

O’tgan oxirgi sakkiz yil bo’yicha Obama boshqaruvi tatbiq etgan umuman o’rinsiz va samimiyatsiz siyosatlari diqqatga olinganda, Global xavfsizlik vaziyati barcha  sheriklarning zarariga  bo’ladigan shaklda  yomonlashgan.

Tramp boshqaruvi ushbu aloqalarni qanday muhokama qilishini va buning global sohadan uzoq muddatdir mahrum bo’lgan beqarorlikning kalidi bo’lgan global kuch muvozanati  takror tuzilar ekan qanday bir ta’siri bo’lishini birga ko’ramiz.  

Boshqa tomondan, uzoqni ko’rish qobiliyatidan mahrum bo’lish  va alohida yevropa ittifoqi Turkiyaning a’zolik jarayoniga qanday  munosabat ko’rsatishi, Schengen viza rejimini qoldirish va Turkiya- Yevropa ittifoqi ko’ch bitimi kabi mavzularda yana aniq holga kelgan.

PKK, DEASH va Gulenchi terror guruhi (FETO)ning o’lkasiga tinchlik va barqarorlikka qarshi tashkil etgan xavfsizlik tahdidlarni ko’rmaslikdan kelgan Yevropa ittifoqi bir tomondan Turkiyaga demokratiya sabaq berish bilan mashg’ul ekan boshqa tomondan terror  himoyachilariga Yevropaning markazida borliq tashkil  etishlari uchun ruxsat bermoqda,  faqat qochqinlarga  kelganda e’tiborsizlik va qattiq qo’llik bilan yondashmoqda.

2017- yilida ko’plab Yevropa o’lkasida   avj olgan ekstremist harakat, irqchilik, muhojirga qarshilik va Islamofobiye guruhlarning orasida saylovlar o’tkaziladi.

Yevropa siyosiy liderligi  barcha ushbu avj olgan muammolarga qanday yechim topish masalasi,  qadim qit’ada ko’plab narsa va dunyodagi o’z o’rinlarining kelajagiga shakl beradi deb taxmin qilinmoqda.

Turkiya 2016 yilni Fathulloh Gulen tomonidan 15 iyul kuni sodir etilgan to’ntaruv tashabbusi va DAISh hamda PKK terror tashkilotining avj olgan terrorchilik harakatlariga doir yomon xotiralar bilan ortda qoldirdi.

NATO ittifoqdoshlari va boshqa g’arb davlatlari bunday terrorchilik harakatlari oldida Turkiyani qo’llab quvvatlamadilar. Ular Turkiya g’arbning bir parchasi ekanini unutgan ko’rinadilar. Global terrorizm haqida gap ketar ekan, Istanbul, Ankara, Bog’dod, Islomobod, Parij, Nitse yoki Brussel o’rtasida hech qanday farq yo’q. Bunga qaramay, Turkiya PKK terrorizmiga qarshi kurashida yevropalik hamkorlaridan hech qanday yordamni ko’ra olmadi. PKK josuslari Yevropa shaharlarida bemalol faoliyat ko’rsatdi, o’z safini yana ham kengaytirdi va propoganda yuritdi. Televideniye va radiolarda dasturlarga taklif qilindi, xatto milliy majlislarga ham taklif qilindilar. PKK Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti sifatida e’lon qilinishiga qaramay, Yevropa davlatlari PKKni terrorist sifatida ko’rmayotirlar.

Qolaversa, Turkiyaning oxirgi 10 yil ichida kurd millatiga ko’rsatgan yordamlarini nazar pisand qilmadilar, aksincha PKKning kurd xalqi nomidan talab qilgan propoganda faoliyatlariga ishonmoqdalar.

Bu xuddi, PKKning ideologiyasini Amerika xalqining qonuniy talablari sifatida, yoki neo-nazi irqchiligi nemis xalqining tabiiy haqqi sifatida ko’rishga o’xshaydi.

Xatto, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Turkiyaning Suriyadagi DAISh terror tashkilotiga qarshi olib borgan Evfrat qalqoni operatsiyasida yetarlicha yordam bermayotir. Aksincha, Obama hukumati PKKning Suriyadagi hamkori YPGni qo’llab quvvatlab, ularni qurol bilan ta’minladi.

Bunga qaramay, Turkiya Halabdan 45 ming aholini o’limdan saqlab qolish uchun Idlib viloyatiga ko’chirdi va u yerda turk va xalqaro gumanitar tashkilotlarni yordamga safarbar qildi.

2016 yilning oxirgi damlarida Turkiya va Rossiya sa’y-harakati bilan yo’lga qo’yilgan va 30 dekabr kuni kuchga kirgan Suriya sulh bitimi shartnomasi kelajakka ijobiy qarashimizga sabab bo’lgan o’zgarishlardan biridir.

Bu shartnoma, Suriya rejimi va muxoliflar ishtirokida 6 yildan beri davom etgan urushni to’xtatish muzokaralariga zamin yaratadi.

Bu muzokaralar Qozog’istonning Astana shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Astana jarayoni BMT boshchiligidagi Jeneva muzokaralarini to’xtatish uchun emas, balki uni mustahkamlash uchun rejalashtirilgan.

2017 yil kirib kelar ekan, eng muhim va asosiy masalalarga siyosiy yechim topilmagani kuzatiladi. Xalqaro tuzumning va tashkilotlarning kamchiliklari yana ham barqarorsizlikka zamin yaratishini oldini olish uchun qayta ta’mirdan o’tkazilishi kerak.

Ortda qolgan global muammolarga to’la bo’lgan eski yilning o’rnini, kollektiv hamkorligi, takomillashuv va hamjihatlik olg’a surilgan yangi yil olishi zarur.

Bu inson qadr-qimmatiga va sharafiga ishongan barcha uchun oliy majburiyatdir.

 


Tanlangan kalimalar: #Ibrohim Kalin , #2016 , #Yil , #Mulohaza

Aloqador xabarlar