Andrey Karlovning tobuti kecha oqshom Moskvaga olib ketildi

Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportidan marosimlar bilan jo’natilgan marhum rus elchi Andrey Karlovning tobutini Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu kutib olindi.

634896
Andrey Karlovning tobuti kecha oqshom Moskvaga olib ketildi

Ankaradagi qurolli suiqasd natijasida hayotdan ko’z yumgan Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning tobuti kecha oqshom Moskvaga olib ketildi.

Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportidan marosimlar bilan jo’natilgan marhum rus elchi Andrey Karlovning tobuti Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu tomonidan Vnukovo aeroportida kutib olindi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu aeroportda Andrey Karlovning rafiqasi va onasiga shaxsan ta’ziya bildirdi.

Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportida o’tkazilgan davlat marosimiga Turkiya hukumati nomidan Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh, Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Tashqi ishlar vazir o’rinbosari Ahmet Yildiz qatnashdi.

Marosimda boshqa xorij mamlakatlarning Ankaradagi elchilari hamda Karlovning rafiqasi va o’g’li ishtirok etdi.

Ma’ruzalardan so’ng, Karlovning tobuti harbiy gvardiya hamrohligida samolyotga olib chiqildi.

19 dekabr dushanba kuni otib o'ldirilgan diplomatning jasadi yuklangan Tu-154 samolyoti aeroportga Moskva vaqti bilan soat 20:30 larda yetib keldi.

 Aeroportning hukumat terminali binosida Rossiya bayroqlari tushirib qo'yildi. 

22 dekabr, payshanba kuni Moskvada Karlov uchun janoza marosimi o’tkaziladi.



Aloqador xabarlar