Bugun Rossiyadan 18 ta ekspert Ankaraga keldi

Ular Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning joniga qasd qilgan jinoyat ustidan tekshiruv olib borish, tergov yuritish, tibbiy medekspertizadan o’tkazish va janozani olib ketish maqsadida Ankaraga yetib kelgan.

634384
Bugun Rossiyadan 18 ta ekspert Ankaraga keldi

Bugun Rossiyadan 18 ta ekspert Ankaraga keldi.

Ular Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning joniga qasd qilgan jinoyat ustidan tekshiruv olib borish, tergov yuritish, tibbiy medekspertizadan o’tkazish va janozani olib ketish maqsadida Ankaraga yetib kelgan.

Rus ekspertlar kelgan samolyotda bir prokuror, ikkita xavfsizlik maslahatchisi, Favqulodda holatlar vazirligi xodimlari, sud medekspertiza mutahassislari va psixologlar ham o’rin olgan.

Suiqasd bilan bog’liq tergov jarayonini rus va turk ekspertlar hamkorlikda olib boradi.

Rus elchi Karlovning tobuti bugun oqshom paytlarda Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Turkesh ishtirokidagi marosim bilan Ankaradagi Esenbog’a aeroportidan Rossiyaga jo’natilishi kutilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar