Suriya aholisi Turkiyadan yordam kutmoqda

Halap aholisi “Iltimos, urushni to’xtating va bizni qutqaring! Juda charchadik”,-degan nola bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga maktub yo’lladilar.

633101
Suriya aholisi Turkiyadan yordam kutmoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Suriyaning Halap viloyatida sulh bitimini ta’minlash va tinch aholini xavfsiz hududlarga ko’chirish bo’yicha Prezident R.T.Erdog’an bilan birga qo’lidan kelgancha g’ayrat ko’rsatishini bildirdi.

Beshar Asad rejimiga tegishli kuchlar va rejim tarafdori bo’lgan terrorist guruhlar sulh bitimiga amal qilmagach, u yerdagi tinch aholi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luga internet orqali maktub jo’natdi.

Ular “Iltimos, urushni to’xtating va bizni qutqaring! Juda charchadik”,-degan nola bilan Turkiya Prezidentiga maktub yo’lladilar.

“Halapdagi qiyinchiliklar bizni voz kechira olmaydi. Ko’nglingiz to’q bo’lsin! Sizlarning xavfsizligingizni ta’minlash uchun qo’limizdan kelgancha harakat qilyabmiz”,-deya javob yozdi Mevlud Chavushog’lu.

 



Aloqador xabarlar