18-dekabr Xalqaro muhojirlar kuni...

Turkiya Oliy majlisi Inson huquqlari kuzatish komissiyasi raisi deputat Mustafa Yenerog’luning fikricha, global inqirozga aylangan muhojirlar masalasida dunyodagi davlatlarning aksariyati zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajara olmadi.

632716
18-dekabr Xalqaro muhojirlar kuni...

Bugun jahon bo’ylab xalqaro muhojirlar kuni hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yilda qabul qilingan qaroriga binoan, bu kunda BMTga a‘zo davlatlar va nodavlat tashkilotlar muhojirlarning inson huquqlari va erkinliklari haqidagi ma‘lumotlarni tarqatish hamda muhojirlarni himoya qilish yo‘lida dasturi amallarni ishlab chiqishga da‘vat qilingan.

Xozirda dunyo bo’yicha muhojirlar soni 250 mlnga yetdi. Bu esa, bugungacha kuzatilgan eng yuksak raqam hisoblanadi.

Turkiya Oliy majlisi Inson huquqlari kuzatish komissiyasi raisi va deputat Mustafa Yenerog’luning fikricha, global inqirozga aylangan muhojirlar masalasida dunyodagi davlatlarning aksariyati zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajara olmadi.

Mustafa Yenerog’lu 18 dekabr Xalqaro muhojirlar kuni munosabati bilan bergan bayonotida, global muammoga aylangan muhojirlar va ko’chmanchilar masalasida xalqaro maydonda yetarlicha ish olib borilmaganini aytdi.

Uning aytishicha, vatanidan judo bo’lgan qochqinlarga nisbatan haqiqatdan ham e’tibor ko’rsatish va yordam berish vijdoniy mas’uliyat hisoblanadi.

“Dunyo miqyosida ro’y berayotgan ichki va tashqi nizolar, urushlar, inson hududlarini poymol qilish holatlari, iqtisodiy inqirozlar, etnik va diniy ayrimchilik kabi holatlar insonlarning o’z ona yurtlarini tashlab ketishga majburlamoqda. Shu sababli, xozirda dunyo bo’yicha qochqinlar soni 250 mlnga yetdi. Bu juda achinarli holat”,-deydi Mustafa Yenerog’lu.

Mustafa Yenerog’lu ta’kidlashicha, xozirda Turkiya dunyo bo’yicha eng ko’p qochqinga mezbonlik qilgan davlat hisoblanadi.

U lekin, butun Yevropa davlatlari bunga loqayd ekaniga e’tibor qaratdi.

Mustafa Yenerog’luning fikricha, qochqinlar muammosining katta inqirozga aylanishini oldini olish uchun o’zaro hamjihatlik juda zarur.

O’zaro hamjihatlik bo’lgandagina qochqinlar masalasini inqirozga aylanishdan saqlab qolish mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar