Chavusho’g’li, “PKK terror tashkilotiga qarshi xalqaro miqyosda, izchil ravishda chora ko’riladi”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining aytshicha bundan buyon, PKK terror tashkilotiga yordam bergan Turkiya Respublikasi fuqarolari, fuqarolikdan ham chiqariladi.

631024
Chavusho’g’li, “PKK terror tashkilotiga qarshi xalqaro miqyosda, izchil ravishda chora ko’riladi”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotiga qarshi xalqaro miqyosda, izchil ravishda chora ko’rilajagini ma’lum qildi.

PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganlarning fuqarolikdan chiqarilishi kabi yangi tartib-qoidalar kiritilajagini ta’kidlagan Chavusho’g’li;

“Chet elda istiqomat qilib, PKK terror tashkilotiga faol ravishda yordam bergan fuqarolarimiz birma-bir kuzatilib, natijada fuqarolikdan chiqariladi” dedi.

Maxsus telekanalga intervyu bergan Chavusho’g’li, Yevropa davlatlarida PKK terror tashkilotini qoralagan turklarga hujum qilganlar ham aniqlanib, ortidan, kerakli choralar ko’rilajagini belgilab o’tdi va Turkiyaning talablariga javob bermagan mamlakatlar esa “terrorni qo’llab-quvvatlagan davlat” hisoblanib, ana shunga yarasha muomala ko’rajagini ta’kidladi.

PKK terror tashkiloti, Iroqning Mosul viloyatiga qarashli Telafer tumani uchun xavf tug’dirgudek bo’lsa unda “ularga qarshi o’q uzamiz” deb terroristlarni ogohlantirgan Chavusho’g’li;

“Ayniqsa Telaferga, turkmanlarga ziyon yetkazmasin degan niyatda mintaqani yaqindan kuzatmoqdamiz. Biz tayyorgarlik ham ko’rib qoydik. Hech ikkilanmaymiz ham. Bu yerdagi PKK terror tashkiloti eng avvalo xavfdir” dedi.

Chavusho’g’li, Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turkiyaning yetakchiligida boshlatilgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida al-Bobdan keyingi manzilning Munbij bo’lishini ma’lum qildi.

Mintaqaga AQSh bilan birgalikda hay’at yuborganliklarini eslatgan Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYDning Firat daryosining g’arb tomoniga o’tishini xohlaganliklarini, agar o’tmagudek bo’lsa unda Turk qurolli kuchlari tomonidan kerakli choraning ko’rilajagini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Suriya masalasini diplomatik yo’llar orqali hal qilish uchun 2016-yilning 27-dekabri kuni Moskvada Turkiya, Rossiya va Eron uchligi yig’ilishi bo’lib o’tajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar