Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an BMTning yangi bosh kotibi Antonio Guterresga qo’ng’iroq qildi

U Guterresni BMT Bosh kotibi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

629998
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an BMTning yangi bosh kotibi Antonio Guterresga qo’ng’iroq qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an BMTning yangi bosh kotibi Antonio Guterresga qo’ng’iroq qildi.

U Guterresni BMT Bosh kotibi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Guterres bilan Halapdagi vaziyatni muhokama qilgan Prezident Erdog’an, Suriya rejimi va hamkorlarining Halapda sodir qilgan vahshiy qilmishlari butun dunyoni larzaga solganiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, viloyatdagi muhit yaxshilanishi kerakligini aytib o’tdi.

Turkiya buni ta’minlashga harakat qilganini tilga olgan Erdog’an, bu doirada qisman sulh bitimi ustida kelishib olinganini eslatdi.

Uning aytishicha, tinch aholi va muxoliflar avvalo xavfsiz joylarga ko’chiriladi, so’ngra hududga gumanitar yordam olib boriladi.

BMT Halapdagi vaziyatni yaxshilash uchun darhol sa’y-harakatlarni boshlashi zarurligini aytgan Erdog’an, masalaga doir BMT Umumiy kengashining favqulodda to’planishidan umidvorligini tilga oldi.

Suriya va Iroqdan kelgan qochqinlarga nisbatan ko’rsatgan mexr-shafqati tufayli taqdirlangan Turkiyaning Halap masalasidagi fikriga qo’shilgan Guterresning aytishicha, xalqaro hamjamiyat bu fojiaga tomoshabin bo’lib qarab turmasligi kerak.

 

 



Aloqador xabarlar