Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Yevropa parlamenti Raisi Schulzga norozichilik bildirdi.

Tashqi ishlar  vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yevropa parlamenti   Raisi Martin Schulzning bergan bayonotlarining hech bir ta’siri bo’lmas deb bildirdi.

610116
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Yevropa parlamenti Raisi Schulzga  norozichilik bildirdi.

Tashqi ishlar  vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yevropa parlamenti   Raisi Martin Schulzning bergan bayonotlarining hech bir ta’siri bo’lmas deb bildirdi.

“ kuchi yetsa, birinchidan bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Yevropa parlamenti faoliyatlarini to’xtatsin” dedi.

Chavusho’g’lu, rasmiy bir ziyorat uchun poytaxt Anqarada bo’lgan Xitoylik kasbdoshi Wan Yi bilan uchrashgandan so’ngra uyushtirgan  mushtarak matbuoti anjumanida  savollarga javob berdi.

Mevlut Chavuzsho’g’lu, bir savolga,

“ Schulzning tahdidkor izohotlarining hech bir ta’siri yo’q. Schulz, Yevropa parlamentidagi PKK faoliyatlarini to’xtatsin, kuchi yetsa terror tashkilotlari qarshisida bir narsalar aytsin. Iqtisodiy sanksiyalar mavzusida  ham qo’lidan kelganini ayamasin. Nima qilmoqchi bo’lsa qilsin  yevropa ittifoqi va yevropa parlamenti ikki yuzlamachilik ko’ramiz” dedi.

Nemis Bild am Sontag gazetasida so’zga chiqqan Schulz, Turkiyadagi o’zgarishlarni muhokama qilgan, Fetullahchi terror tashkiloti FETOning 15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusi sababli tortishilgan “  o’lim jazosi keltirilganda, Yevropa ittifoqi iqtisodiy sanksiya  ehtimolini muhokama qildi.

“ Turkiya- Xitoy tashqi ishlar vazirlari maslahat Mexanizmining” dastlab yig’ilishi ochiq va samimiy  shaklda amalga oshganiga diqqat qaratgan Xitoy tashqi ishlar vaziri  Vang Yi ham, ikki o’lkaning duch kelgan yangi fursatlarni  muhokama qilib strategik  hamkorlikni  yana tez ilgarilashini  maqsad qilib olmoqda.

Ikki o’lkaning terror bilan kurash hamkorligini muhokama qilib mushtarak xavfsizlikni birgalikda tuzish jihatida  bir  xil fikrda ekanini aytgan Vang,

“ Albatta xalqaro terror bilan kurashda hamkorlikni kuchaytirishimiz” Lozim dedi.

Mintaqaviy muammolarning siyosiy yechimi ham BMT boshqaruvida hal etilishi kerak deb bildirdi Vang,

“ Haqiqatlarga mos va tomonlar sezgirligiga diqqat qaratgan yechimda birga bo’lishimiz lozim “ dedi.

 

 



Aloqador xabarlar