Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Donald Trampni tabrikladi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an AQShdagi prezidentlik saylovida g’alabani qo’lga kiritgan Trampga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

607575
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Donald Trampni tabrikladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Donald Trampni AQShning 45-prezidenti  etib saylangani munosabati bilan tabrikladi.

 Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prezident Erdog’an AQShdagi prezidentlik saylovida g’alabani qo’lga kiritgan Trampga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya va AQSh o’zaro hurmat, mushtarak manfaatlar va mushtarak qadriyatlar asosida birlashgan ikki ittifoqdosh davlat ekaniga diqqat qaratgan Prezident Erdog’an, kelgusi jarayonda o’zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga bo’lgan ishonchini tilga oldi.

Ma’lum bo’lishicha, Erdog’an bilan Tramp o’rtasida bo’lib o’tgan suhbat samimiy o’tgan.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Donald Tramp o’zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda, terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik kabi masalalarda hamjihat bo’lishga kelishib oldi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Trampga yo’llagan tabrigini internet tarmoqlari orqali ham e’lon qildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar