Turkiyaning Shirnak va Bitlis viloyatlarida terroristlarga qarshi operatsiya o'tkazildi

Operatsiyada 9 ta terrorist o’ldirildi, 1 nafari tiriklayin qo’lga tushirildi.

605147
Turkiyaning Shirnak va Bitlis viloyatlarida terroristlarga qarshi operatsiya o'tkazildi

Turkiyaning Shirnak va Bitlis viloyatlarida terror tashkiloti PKK terroristlariga qarshi operatsiya o’tkazildi.

Operatsiyada 9 ta terrorist o’ldirildi, 1 nafari tiriklayin qo’lga tushirildi.

Operatsiya mobaynida Judi tog’i atrofida 6 ta, Bestler Dereler hududida esa, 2 ta terrorist o’ldirildi.

1 nafar terrorist tiriklayin qo’lga tushirildi.

Qolaversa, terroristlarga tegishli ko’plab qurol-aslaha, o’q-dori va kundalik ashyolar bilan 1535 kg amonyum nitrat moddasi topildi.

Bitlis viloyatining Hizan tumanidagi operatsiyada bir terrorist o’ldirildi.

Adana viloyati Yuregir tumanida PKK tarafdorlari namoyish o’tkazdi.

Namoyish paytida PKK tarafdorlaridan biri politsiyaga qarata o’q uzdi.

Yaralangan politsiya xodimi shifoxonada olamdan o’tdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shirnak , #Bitlis , #operatsiya , #PKK , #terrorist

Aloqador xabarlar