Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda

Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi bilan Ichki ishlar vazirlgi ma'lumot berdi.

603943
Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyaning Tunjeli viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda 15 terrorist o’ldirildi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Tunjelining Pulumur tumanida, olingan ma’lumotga muvofiq havo amaliyoti uyushtirilgan.

Ushbu amaliyot natijasida PKK terror tashkilotiga oid ekanligi aniqlangan 3 mavze yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha esa Qizilmasjid mintaqasida yuritilgan amaliyot oqibatida 15 terrorist o’ldirilgan.

Mintaqadagi amaliyot davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar