Turkiya Mudofaa sanoati ijro komiteti to'plandi

Bosh vazir Binali Yildirim boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda mahalliy mudofaa sanoatiga ajratilgan yillik budjet miqdorining oshirilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

599362
Turkiya Mudofaa sanoati ijro komiteti to'plandi

Kecha Turkiya Mudofaa sanoati ijro komiteti Bosh vazir Binali Yildirim boshchiligida poytaxt Ankarada to’plandi.

Mudofaa sanoati maslahatchiligi binosida taxminan 5 soat davom etgan yig’ilishda mushtarak jangovar samolyotga takror buyurtma berish to’g’risida qaror olindi.

Bosh vazir Binali Yildirim yig’ilishdan so’ng yozma bayonot berdi.

Turkiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan mushtarak F-35 jangovar samolyotining birinchi partiyasi 2018 yildan e’tiboran egalariga topshirila boshlaydi.

Ikkinchi partiya uchun berilgan buyurtmalar esa, 2021-2022 yillarda topshiriladi.

Bundan tashqari, yig’ilishda mahalliy mudofaa sanoatiga ajratilgan yillik budjet miqdorining oshirilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

 



Aloqador xabarlar