Turkiya va Rossiya TIV voizlari kecha Moskvada uchrashdi

Ikki mamlakat o’rtasidagi matbuot va axborot sohasidagi muzokaralarning birinchisi 2014-yilning dekabr oyida Turkiya poytaxti Anqara shahrida o’tkazilgan edi.

596487
Turkiya va Rossiya TIV voizlari kecha Moskvada uchrashdi

Kecha 2016-yilning 24-oktabri kuni Moskvada Turkiya va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida matbuot va axborot sohasidagi muzokaralarning navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri voizi Tanju Bilgich boshchiligidagi delegatsiya bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri voizi Maria Zaharova boshchiligidagi delegatsiya o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yo’lga qo’yilishi doirasida matbuot va axborot sohasidagi hamkorlik imkonlari qo’lga olindi. Shuningdek ommaviy axborot vositalari mansublari uchrashuvlarining orttirilishi va har ikki mamlakatga xizmat qilgan jurnalistlar faoliyatining qulaylashtirilishi masalasi qo’lga olindi.   

Uchrashuvda ijtimoiy mediadan foydalanish to’g’risida ham fikr almashildi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi matbuot va axborot sohasidagi muzokaralarning birinchisi 2014-yilning dekabr oyida Turkiya poytaxti Anqara shahrida o’tkazilgan edi.



Aloqador xabarlar