Turkiyaning Tunjeli va Hakkari viloyatidagi tog'liq hududlar terroristlardan tozalanmoqda

Tunjeli va Hakkari viloyatiga qarashli Shemdinli tumanidagi tog’liq hududlarda aniqlangan 12 dan ortiq terror obyektlari jangovar samolyotlar vositasida portlatildi.

590933
Turkiyaning Tunjeli va Hakkari viloyatidagi tog'liq hududlar terroristlardan tozalanmoqda

Turkiyaning tinchligiga tahdid solgan terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya davom etmoqda.

Tunjeli va Hakkari viloyatiga qarashli Shemdinli tumanidagi tog’liq hududlarda aniqlangan 12 dan ortiq terror obyektlari jangovar samolyotlar vositasida portlatildi.

Turkiya Harbiy bosh shtabi bu haqda ma’lum qiladi.

Ma’lumotga ko’ra, Tunjeli viloyatiga qarashli tog’liq hududlarda olib borilgan operatsiyada 8 ta obyekt portlatildi.

Shuningdek, Shemdinli tumanidagi tog’liq hududlarida Turk Qurolli Kuchlarining jangovar samolyotlari vositasida operatsiya o’tkazildi.

Operatsiyada aniqlangan 4 ta terror obyekti portlatildi.

 



Aloqador xabarlar