Valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif bin Abdulaziz  as Saud, kecha poytaxt Anqarada edi.

Bosh vazir Binali Yildirim, terrorizmga qarshi kurash mavzusida Saudiya Arabiston bilan hamkorlikni yana ham orttirib davom ettirishlarini ma’lum qildi.

579913
Valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif bin Abdulaziz  as Saud, kecha poytaxt Anqarada edi.

Bosh vazir Binali Yildirim, terrorizmga qarshi kurash mavzusida Saudiya Arabiston bilan hamkorlikni yana ham orttirib davom ettirishlarini ma’lum qildi.

Arabistonning ikkinchi shaxsi sifatida ko’rilgan  Valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif bin Abdulaziz  as Saud, kecha poytaxt Anqarada edi.

Shahzoda dastlab  Chankayada edi.

Uyushtirilgan rasmiy marosimning  ortidan  Yidirim, Shahzoda bilan  iki tomonlama  va hay’atlar ora uchrashuvning ortidan, sharafiga bergan oqshom ziyofatida yana  uchrashdi.

Uchrashuvda ikki o’lkadan  juda ko’p sonda vazir ham ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va energiya bilan bir qatorda o’zaro aloqalar  ham muhokama qilindi.

Bosh vazir  Yildirim, 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusiga qarshi Saudiya Arabistonning  ko’rsatgan kuchli birdamlik uchun valiahd shahzoda Muhammad bin Nayifga tashakkurlarini bildirdi.

Terrorizm bilan kurashda ikki o’lka aloqalari  borasida to’xtagan bosh vazir, bu  mavzuda Saudiya Arabiston bilan hamkorlikni orttirib davom ettiramiz dedi.

Bosh vazir Yildirim, mintaqaviy mavzularda bir xil fikrda ekanlarini aytib  Saudiya Arabiston bilan  birinchi o’rinda Suriya va Turkiya ko’rfaz hamkorlik o’lkalari aloqalari bilan bir qatorda,

Xalqaro mavzular borasida ham tartibli aloqa va maslahatda ekanlariga  katta ahamiyat berganlarini ma’lum qildi.

Valiahd  shahzodada Muhammad Nayif esa, mushtarak aloqalar borasida yuksalgan Turkiya- Saudiya Arabiston aloqalari har sohada mustahkamlashishi borasida kuchli irodaga egamiz dedi.
Prezident Erdo’g’an va Qirol Salmonning tashkil etgan mushtarak nazariya doirasida sa’y- harakatimizni davom ettiramiz dedi.

Mintaqdada bo’lib o’tayotgan inqirozlarga ishora qilgan Muhammad bin Nayif, Turkiya va Saudiya Arabiston o’rtasidagi hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik, farovonlik  va maslahat  juda katta ahamiyat kasb etadi deb ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar