MXT, Favqulodda vaziyatning uzaytirilishini tavsiya qildi

Milliy Xavfsizlik Tashkiloti kecha Beshtepada, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida 6 soatlik yig’ilish o’tkazdi.

579660
MXT, Favqulodda vaziyatning uzaytirilishini tavsiya qildi

Milliy Xavfsizlik Tashkiloti kecha Beshtepada, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida 6 soatlik yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilish ortidan e’lon qilingan bayonotnomada, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligi bilan jamoat tartibini saqlash maqsadida olib borilgan faoliyatlarning keng doirada muhokama qilinganligi ma’lum qilindi.

Bu doirada milliy xavfsizlikni tahdit etgan, terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan, o’z yurtiga xiyonat qilgan Fetullhchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasi, terror tashkilotlaridan PKK, PYD/YPG, shuningdek DEASh terror tashkilotlariga qarshi ham Turkiyada ham  chet elda yuritilgan amaliyotlarning va bu mavzuda olingan chora-tadbirlarning keng ko’lamli qo’lga olinganligi ifodalandi.   

Bayonotnomada,

“Demokratiyamizning, xalqimizning huquqi va erkinligini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarning chuqur amal qilinishida davomlilikni ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatning uzaytirilishini tavsiya qilish haqida qaror qabul qilindi” deyildi.   

Shuningdek, to’ntarishga tashabbus qilingan 15-iyul kunining bundan buyon har yili “Demokratiya va Erkinlik kuni” deb yod etilishi tavsiya qilindi.  

Terrorning va terror tashkilotlarining, xalqaro kuch orqali yo’q qilinishining dunyo tinchligi uchun muhim ekanlig ta’kidlangan bayonotda,

“Yevropa parlamenti koridorlariga ilib qo’yilgan terror tashkilotlari ramzi bilan PKK, PYD/YPG terror tashkilotlarining ko’rgazma va yig’ilishlari kabi faoliyatlariga ko’z yumgan do’st va ittifoqchi Yevropa ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlarining munosabati chuqur qayg’u bilan o’rganilib, bu vaziyatning ‘terror xalqaro siyosatga aralashtirildi” deb baholanganligi haqidagi ifodalarga o’rin berildi.

“Firat qalqoni” amaliyoti ham baholangan bayonotnomada, ushbu amaliyotning eng muhim maqsadlaridan birining Turkiyaning chegara xavfsizligini ta’minlash, mintaqa aholisini qo’riqlash; ikkinchisining esa mintaqadagi DEASh va PYD/YPG terror tashkilotlarining batamom yo’q qilinishi va Suriyaning hududiy yaxlitligi uchun kurash olib borgan Erkin Suriya armiyasiga yordam berish ekanligi qayd etildi.  

Shuningdek bu faoliyatlar yuritilar ekan tinch aholining ziyon ko’rmasligi uchun ehtiyotkor muomala qilinayotganligi ifodalandi.

Xavfsiz va uchoqlarning parvoz qilishi man etilgan hudud taklifini yana bir bor ta’kidlagan bayonotnomada,

“Suriyaning takror mustaqil, tinch va obod yurtga aylanishi uchun Suriya xalqini birlashtirish qobiliyati qo’lmagan mavjud rejim o’rniga o’tish jarayonidan keyin Suriya xalqi talabiga javob bera oladigan yangi hukumatning tashkil etilishi majburiyati tilga olindi” deyildi.

  



Aloqador xabarlar