Turkiya yana 2 farzandini shahid berdi

Terror hiylasi va chegara ortidan qo'l urilgan hujumlar yana 2 nafar turk askarini shahid qildi.

561036
Turkiya yana 2 farzandini shahid berdi

Turkiyaning Hakkari va Van viloyatlaridagi avtomobil yo’llarida nazorat ishlari yuritgan xavfsizlik kuchlari, qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaga duch keldi. Ana shu moddani nazoratli ravishda portlatish uchun tayyorgarlik ko’rilar ekan terroristlar tomonidan masofadan boshqarish pulti orqali portlaguvchi modda portlatilib yubordi. Oqibatida 1 askar shahid bo’lar ekan 3 askar tan jarohati oldi.

Mintaqaga yuborilgan qo’shimcha askarlar, PKK terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish uchun amaliyot boshlatdi.

Hakkarining Shemdinli tumanida esa Samanli va Jedikan qishloqlarida amaliyotga chiqqan askarlarga qarshi chegara ortidan havo hujumi uyushtirildi. Oqibatida 1 askar shahid bo’lar ekan yana bir askar tan jarohati oldi.

Voqea yuz bergan joyga yetib borgan tez yordam mashinalaridan birining haydovchisi ham, terroristlar tomonidan uzilgan o’q natijsida tan jarohati oldi.   

Xavfsizlik kuchlari, hujum qilingan chegara ortidagi nuqtaga qarshi zambarak va tankalar orqali hujum qildi.

Haligacha davom etgan to’qnashuvda 10 terrorist o’ldirildi.

Turkiyaning Van viloyati, Bashkale tumanida ham 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Hakkari , #Van , #Shemdinli

Aloqador xabarlar