Binali Yildirim, Muhammad Shohboz Sharif bilan uchrashdi

Bosh vazir Binali Yildirim uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik munosabatlariga to’xtaldi.

560652
Binali Yildirim, Muhammad Shohboz Sharif bilan uchrashdi

Bosh vazir Binali Yildirim kecha Istanbulda ochilish marosimi bo’lib o’tgan va dunyoning eng keng osma ko’prigi hisoblangan “Yavuz Sultan Selim” nomidagi ko’prikning ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida Istanbulga tashrif buyurgan Pokistonning Panjab viloyati Bosh vaziri Muhammad Shohboz Sharif bilan Istanbulning Uskudar tumani, Chengelko’y mahallasida joylashgan “Vahdettin” ko’shkida uchrashuv o’tkazdi.  

Bosh vazir Binali Yildirim uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik munosabatlariga to’xtaldi.

Binali Yildirim shuningdek, Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga qarshi Pokistonning Turkiyaga bergan yordamini minnatdorchilik bilan qabul qilib olganligini ifodaladi.

Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning kelajakda ham davom etishini ta’kidlagan Binali Yildirim, Panjab viloyatidagi loyihalarning qarorlilik bilan davom etajagini ham belgilab o’tdi.

Panjab viloyati Bosh vaziri Shohboz Sharif ham, Turkiyaning iqtisodiy ko’rsatkich mohiyatining rag’batlantiruvchan ekanligini ifodaladi.

Shohboz Sharif, Pokiston xalqi qalbida o’zgacha o’ringa ega bo’lgan Turkiya bilan bo’lgan hamkorlikni har sohada rivojlantirmoqchi ekanliklarini ham qayd etdi.

Sharif ushbu uchrashuvda shuningdek, to’ntarish tashabbusi chog’ida va teraktlar oqibatida jon bergan shahidlarga Olloxdan rahmat tilab, tan jarohati olganlarga shifo tiladi. Va albatta Turkiyani oxirigacha qo’llab-quvvatlaganliklarini yana bir bor takrorladi.



Aloqador xabarlar