Turkiya-Isroil munosabatlarining taqdiri xalqaro shartnoma qo'lida...

Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga olgan xalqaro shartnoma taklifi Turkiya Oliy majlisiga havola qilindi.

553937
Turkiya-Isroil munosabatlarining taqdiri xalqaro shartnoma qo'lida...

Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga olgan xalqaro shartnoma taklifi Turkiya Oliy majlisiga havola qilindi.

Shartnomaga ko’ra, Isroil 25 kun ichida Turkiyaga 20 mln dollar miqdorida kompensatsiya to’laydi.

Bundan tashqari, Isroilning xalqaro sudga berilishiga sabab bo’lgan “Moviy Marmara” davosi bekor qilinadi.

Ingliz, ibroniy va turk tillarida tayyorlangan shartnoma matnida ma’no jihatdan farq tug’ilsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.

Kuni kecha Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu mavzu bo’yicha muxolifatning fikrini olgan edi va shartnomani qo’llab quvvatlashini iltimos qilgan edi.

Shartnomaga doir taklif Tashqi ishlar komissiyasida muhokama qilinmoqda.



Aloqador xabarlar