R.T.Erdog’an:“Turk millati har bir xatoni kechiradi, lekin xiyonatni aslo…”

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an prezidentlik saroyi oldida to’plangan aholiga hitob qildi.

549646
R.T.Erdog’an:“Turk millati har bir xatoni kechiradi, lekin xiyonatni aslo…”

Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PDY) 15 iyulda davlatni to’ntarishga uringaniga ham mana 27 kun bo’ldi.

Shu munosabat bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an prezidentlik saroyi oldida to’plangan aholiga hitob qildi.

Erdog’an: “Ankara mamlakatimizda ozodlik kuni bo’lmagan nodir shaharlardan biri edi. 15 iyul nafaqat Turkiyaning, balki poytaxt Ankaraning ham ozodlik kunidir”,-dedi.

“Demokratiyamizni, erkinligimizni, davlatimizni, kelajagimizni bor kuchimiz bilan himoya qilamiz. Xavf-xatar, tuzoq, xiyonatning qayerdan va qachon kelishi noma’lum. Fathulloh Gulen harakati hujumni to’xtatsa, PKK hujumga o’tmoqda, PKK to’xtatsa, DAISh hujumga o’tmoqda”,-dedi.

Fathullohchi terror tashkilotining boshlig’i Fathulloh Gulenning Turkiyaga qaytarilishiga doir fikr bildirgan Prezident Erdog’an: “Kuni kelib Amerika ham to’g’ri yo’lni tanlaydı. Yo Turkiya, yo Fathullohchi terror tashkiloti. Amerika bulardan birini tanlashga majburdir”,-dedi.

“Turk millati har bir xatoni kechiradi, lekin xiyonatni aslo…”,-deydi Prezident R.T.Erdog’an.

PKK terror tashkilotiga to’xtalgan Erdog’an, Turkiya tuproqlari ustida hisob-kitob qilganlar buning jazosini to’lashini aytib o’tdi.

“Demokratiyaga intilib, vataniga va millatiga vafosini butun dunyoga e’lon qilgan xalqimga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Alloh vatanimizni va millatimizni o’z panohida asrasin. Bugundan e’tiboran maydonlarda to’planmaymiz. Lekin, ko’nglimizdan vatan ruhini aslo chiqarmaylik!”,-deydi Prezident R.T.Erdog’an.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdog'an , #miting , #Fathulloh Gulen , #PKK

Aloqador xabarlar