NBC News Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an haqida yolg'on xabar tarqatgani uchun tanqid qilinmoqda

NBC News telekanali harbiy to’ntaruv paytida, Turkiya Prezidenti Erdog’anning Germaniyadan boshpana talab qilganini va prezidentning samolyoti Germaniyaga tomon yo’l olgani haqida yolg’on xabar tarqatgan edi.

536294
NBC News Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an haqida yolg'on xabar tarqatgani uchun tanqid qilinmoqda

Turkiyada harbiy isyon sodir bo’lgan kuni Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan bog’liq yolg’on xabarlarni tarqatgan Amerikadagi NBC News telekanali tanqidga uchramoqda.

Bu telekanaldan yolg’on xabarlarni qaysi manbadan olib tarqatganini izohlashi talab qilinmoqda.

NBC News telekanali harbiy to’ntaruv paytida, Turkiya Prezidenti Erdog’anning Germaniyadan boshpana talab qilganini va prezidentning samolyoti Germaniyaga tomon yo’l olgani haqida yolg’on xabar tarqatgan edi.

Ushbu telekanal Erdog’an haqidagi xabarlarni Amerikaning harbiy manbalaridan olganini ilgari surdi.

Xatto, bunday yolg’on xabarlar telekanal xodimlari tomonidan tvitter hisobidan ham e’lon qilindi.

Telekanalning Kyle Griffin ismli xodimi tvitter orqali harbiy isyonchilar Turkiya hukumatini to’ntarganini ma’lum qilgan edi.

Yolg’on xabarlarning tarqatilishiga qarshi kurashgan “Newsbud” tashkiloti NBC Newsdan ertagacha bu qilmishi uchun uzr so’rashini va harbiy manbaning nomini fosh qilishini talab qildi.

Aks holda, “Newsbud” tashkiloti Amerikadagi turk jamiyatining qo’llab quvvatlovi bilan ertaga NBC News oldida namoyish o’tkazishni rejalashtirmoqda.

 



Aloqador xabarlar