Erdog’an, Myunxendagi otishma qurbonlariga ta’ziya izhor etdi

Olmoniyaning Myunxen shahrida 22-iyul kuni sodir bo’lgan otishma oqibatida 9 kishi jon berar ekan, 27 kishi tan jarohati olgan edi. Jon berganlardan 3 nafarining turk fuqarosi ekanligi aniqlandi.

536613
Erdog’an, Myunxendagi otishma qurbonlariga ta’ziya izhor etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 22-iyul kuni Olmoniyaning Myunxen shahrida yuz bergan otishma chog’ida jon bergan turk fuqarolariga Olloxdan rahmat tilar ekan ular oilasiga esa ta’ziya izhor etdi.

Prezident Erdog’an ta’ziya izhori chog’ida Jan Leylaning dadasi Hasan va onasi Sibel Leylaga, Selchuk Kilichning dadasi Engin va onasi Yasemin Kilichga, Sevda Dag’ning turmush o’rtog’i Haji Dag’ga va yaqinlariga sabr tilab, chuqur hamdardlik bildirdi.

Ayni vaqtda Olmoniyadagi turklarga ham hamdardlik bildirgan Erdog’an hujumni keskin qoraladi.

Olmoniyaning Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazi va uning atrofidagi ko’chalarda 22-iyul kuni sodir bo’lgan otishma oqibatida 9 kishi jon berar ekan, 27 kishi tan jarohati olgan edi. Jon berganlardan 3 nafarining turk fuqarosi ekanligi aniqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #Myunxen , #ta'ziya

Aloqador xabarlar