Diyabakirdagi to'qnashuvda 2 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi

Diyabakirda terror tashkioti PKKga qarata o'tkazilgan operatsiyada 2 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi, 1 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

534838
Diyabakirdagi to'qnashuvda 2 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi

Diyabakirning Ergani tumanida, terror tashkioti PKKga qarata o'tkazilgan operatsiyada 2 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi, 1 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Xavfsizlik kuchlari, PKKli terroristlar "Uy" sifatida foydalangani ilgari surilgan bir adresda operatsiya o'tkazdi.

Operatsiyada, terroristlarning o'q otishi natijasida bir politsiya xodimi shahid bo'ldi, ikki politsiya xodimi esa tan jarohati oldi. Politsiya ham javob bergan otishmada bir terrorist o'ldirildi.

Ergani Davlat shifoxonasiga yetkazilgan ikki politsiya xodimidan biri hayotdan ko'z yumdi.

Mahalliy xalqning zarar ko'rmasligi uchun ayrim uylar bo'shatilgan bo'lib hududda to'qnashuvlar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar