Yunoniston Turkiyadan qochib o'tgan isyonchi harbiylarni Turkiyaga qaytarish niyatida...

Turkiyaning Yunonistondagi favqulodda va muhtor elchisi Kerim Urasning aytishicha,Yunonistonga qochgan harbiy isyonchilar Turkiyada adolatli ravishda sud qilinadi.

534184
Yunoniston Turkiyadan qochib o'tgan isyonchi harbiylarni Turkiyaga qaytarish niyatida...

Yunoniston hukumati Turkiyadan qochib kelgan isyonchi harbiylarni turk hukumatiga qaytarish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Bu haqda mulohaza bildirgan Turkiyaning Yunonistondagi favqulodda va muhtor elchisi Kerim Uras Turkiya bu masalada jiddiy ekanini aytib o’tdi.

Turk elchi Kerim Uras: “Bu hoinlar Turkiya Oliy majlisiga hujum qildilar. O’z xalqiga o’q uzdilar. Bu insonlar vatanga xiyonat qildilar”,-dedi.

Uning fikricha, Yunonistonga qochgan harbiy isyonchilar Turkiyada adolatli ravishda sud qilinadi.

Shuningdek, Yunonistonga qochgan 8 harbiy xavfsizlik sababli Ferecik qamoqxonasidan Kavalaga ko’chirilgan.

Ma’lum bo’lganidek, 8 harbiy Yunonistonda Dedeag’ach sudi tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Dastlabki sud muhokamasi seshanba kuni bo’lib o’tgan edi.

Advokatlarning talabi bilan qoldirilgan sud jarayoni bugun davom etadi.

Turkiyadagi harbiy to’ntaruvga tashabbus paytida, Yunoniston chegarasini oshib o’tgach, tezkor qo’nish uchun ishora bergan vertolyotdagi harbiylar 16 iyul shanba kuni Dedeag’ach shahriga qo’ngan edi.

Siyosiy boshpana talab qilgan 8 harbiy noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga kirgani sababli qo’lga olingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar