Xorijlik jurnalistlar harbiy to'ntaruvga tashabbus tafsilotlarini yoritish maqsadida Ankaraga keldi

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Chankaya ko’shkida xorijlik matbuot xodimlarini qabul qilib, mamlakatda hukumatga qarshi to’ntaruv tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

533350
Xorijlik jurnalistlar harbiy to'ntaruvga tashabbus tafsilotlarini yoritish maqsadida Ankaraga keldi

Turkiyada faoliyat ko’rsatgan xalqaro media tashkilotlariga tegishli jurnalistlar 16 iyulga o’tar kechasi sodir bo’lgan harbiy to’ntaruvni yaqindan kuzatish maqsadida poytaxt Ankaraga to’plandi.

Bosh vazirlikka tegishli Matbuot nashriyot informatsiya boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan tadbirda, xorijlik jurnalistlar asosan bosqin uyushtirilgan tashkilotlarni ko’zdan kechirdi.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Chankaya ko’shkida xorijlik matbuot xodimlarini qabul qilib, mamlakatda hukumatga qarshi to’ntaruv tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

Xorijlik jurnalistlar Turkiya Oliy majlisida bo’ldilar va 16 iyulga o’tar kechasi sodir bo’lgan to’ntaruv harakati talofatini ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.

Turkiya Oliy majlisi bosh kotibi Irfan Nezirog’lu harbiy to’ntaruv sodir bo'lgan kuni majlis binosidagi vaziyatni jurnalistlarga tushuntirib berdi.

Bundan tashqari, xorijlik jurnalistlar to’ntaruv tashabbusida harobaga aylangan Ankara shahar xavfsizlik boshqarmasida bo’ldilar.

Harobaga aylangan boshqarma binosini ko’rgan jurnalistlar harbiy to’ntaruv tashabbusining qanchalik vahshiylik bilan sodir qilinganidan voqif bo’ldilar.

Shuningdek, jurnalistlar Ankaraning Go’lbashi hududidagi Maxsus harakat boshqarmasida bo’ldilar.

Ma’lum bo’lganidek, o’sha kuni ushbu boshqarmada xizmat qilgan 47 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Dunyoning turli mamlakatdagidan tashrif buyurgan jurnalistlar Turkiya teleradiokompaniyasi TRTga ham tashrif buyurdilar.

Jurnalistlar TRT-Habar va TRT-Sport kanali direktor o’rinbosari Kudret Dog’andemir tomonidan kutib olindi.

Kudret Dog’andemir ma’lum qilishicha, harbiy to’ntaruv sodir bo’lgan kuni isyonchilar TRT binosiga ham bosqin uyushtirdilar va televideniye xodimlarining qo’liga kishan solib, televideniye faoliyatiga to’sqinlik qilganlar.

Xorijlik jurnalistlar TRT bosqiniga guvoh bo’lgan televideniye xodimlarining voqea haqidagi taassurotlarini tingladilar va turk kasbdoshlariga nisbatan bosqin uyushtirgan studiyalarni tasvirga tushirdilar.

 

 



Aloqador xabarlar