Turkiya 8724 kishini harbiy to'ntaruv harakatida ayblab hibsga oldi

Hibsga olinganlardan 36 nafari politsiya xodimi, 18 nafari general, 65 nafari ofitser, 601 nafari askar, 301 nafari sudya va prokuror, 182 nafari xalq orasidagi isyonchilarning safdoshlaridir.

533485
Turkiya 8724 kishini harbiy to'ntaruv harakatida ayblab hibsga oldi

Turkiyada 16 iyulga o’tar kechasi davlatni to’ntarishga tashabbus paytida 240 inson halok bo’ldi.

Halok bo’lganlarning 62 nafari politsiya xodimi, 5 nafari askar, 173 nafari oddiy fuqarolar ekani aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, o’sha kungi otishmalarda 535 kishi tan jarohati olgan.

623 kishi shifoxonada davolanmoqda, bular ichida og’ir ahvolda bo’lgan yaradorlar bor.

Shu sababli, qurbonlar sonining ortishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Davlatni to’ntarishga kirishganlikda va bu bilan aloqadorlikda gumon qilingan 8724 kishi qo’lga olindi.

Bular orasida harbiylar, generallar, politsiya xodimlari, huquq organi xodimlari o’rin olgan.

Bulardan 1203 nafari hibsga olindi.

Hibsga olinganlardan 36 nafari politsiya xodimi, 18 nafari general, 65 nafari ofitser, 601 nafari askar, 301 nafari sudya va prokuror, 182 nafari xalq orasidagi isyonchilarning safdoshlaridir.

Harbiy isyonchilardan 24 nafari o’ldirildi.

 

 



Aloqador xabarlar