Turkiyada isyonchi harbiylar o'z aybiga iqror bo'lmoqda

Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo'mondoni general Akin O'zturk: “Davlatni to’ntarish maqsadida harakat qilganim rost”,-deya o’z aybiga iqror bo’lgan.

532449
Turkiyada isyonchi harbiylar o'z aybiga iqror bo'lmoqda

Turkiyada isyonchilar etakchisi o'z aybiga iqror bo'ldi

Turkiyada harbiy to'ntaruvga urinishda isyonchilarning etakchisi sifatida qo'lga olingan, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo'mondoni general Akin O'zturk o'z aybiga iqror bo'ldi.

 Bu haqda Anadolu xabar agentligi xabar beradi.

Akin O'zturk: “Davlatni to’ntarish maqsadida harakat qilganim rost”,-deya o’z aybiga iqror bo’lgan.

O'zturk 2015 yilning avgustiga qadar Turkiya Harbiy-havo kuchlari bosh qo'mondoni vazifasida faoliyat ko'rsatgan.

U lavozimidan ketgach, Turkiya Oliy harbiy kengashi a'zosi bo'lib qolgandi.

O'zturk muxolifatchi Fetullah Gulen bilan aloqador bo'lishi mumkinligi taxmin qilingan. Ayni vaqtda, AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qilayotgan Fetullah Gulen Turkiya hukumati tomonidan harbiy to'ntarish tashkilotchisi sifatida ko'rilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada davlat to'ntaruviga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib, 112 general va admiral qo'lga olindi, ulardan 50 nafari qamoqqa olingan, qolganlarini tergov qilish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, 16 iyulga o'tar kechasi Turkiyada davlat to'ntarishiga urinish sodir etildi. Urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, 16 iyul kuni isyon bostirilgani ma'lum qilindi. Turkiya bosh vaziri to'qnashuvlar vaqtida 161 kishi halok bo'lgani, keyinchalik bu raqam 208 kishiga oshganini, 1400 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar