Turkiyada harbiy to'ntaruvga tashabbus paytida 208 inson halok bo'ldi

Vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng bayonot bergan Bosh vazir Binali Yildirim halok bo’lganlarning 60 nafari politsiya xodimi, 3 nafari harbiy va 145 nafari oddiy fuqaro ekanini ma’lum qildi.

532050
Turkiyada harbiy to'ntaruvga tashabbus paytida 208 inson halok bo'ldi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim 15 iyulda sodir bo’lgan harbiy to’ntaruv tashabbusida 208 inson halok bo’lganini, 1491 kishi yaralanganini bildirdi.

Vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng bayonot bergan bosh vazir, halok bo’lganlarning 60 nafari politsiya xodimi, 3 nafari harbiy va 145 nafari oddiy fuqaro ekanini ma’lum qildi.

Demokratiya uchun kurashda jon bergan qahramon politsiya xodimlari va halok bo’lgan begunoh insonlarga Allohdan rahmat tilagan Bosh vazir Yildirim xalqqa va turk mediasiga minnatdorchilik bildirdi.

Bosh vazir Yildirim: “Voqea sodir bo’lgan kuni hukumatni qo’llab quvvatlagan JHP, MHP va HDP rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman”,-dedi.

To’ntaruv tashabbusi Turk Qurolli kuchlari bilan aloqador emasligini tilga olgan Bosh vazir Yildirim: “Bunga qo’l urganlar harbiy formasini kiygan jinoyatchilardir va terror tashkiloti a’zolaridir”,-dedi.

Ma’lumotga ko’ra, davlatga xiyonat qilganlikda gumon qilingan jami 7543 kishi qo’lga olingan.

“Bundan keyin zarrachalik ehtimolni nazardan chiqarmasdan, butun tahlikalarni nazorat qilamiz. Bu ishga qo’l urganlar shuni bilsinki, to’kilgan bir tomchi qonning hisobini berishga majburlar. Bu bizning xalqimiz oldidagi burchimizdir”,-deya ta’kidladi Binali Yildirim.

Pensilvaniyada yashagan Fetullahchi terror tashkiloti yetakchisini Turkiyaga qaytarish talabiga Amerika beparvolik bilan yondashmoqda.

Bunga to’xtalgan Binali Yildirim Amerika hukumatiga qarata “Harbiy to’ntaruvdan ham muhimroq hujjat bormi?”,-deya hitob qildi.

Binali Yildirim mamlakatda o’lim jazosini qayta tiklash talablari ko’rib chiqilishini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #harbiy to'ntaruv , #isyon , #harbiy , #hukumat

Aloqador xabarlar