Otaturk aeroportidagi terrorchilik harakatiga doir tergov doirasida 17 shaxs qamoqqa olindi

Istanbuldagi terrorchilik harakatiga doir yuritilgan tergov doirasida avvalgi kuni ham 13 shaxs qo’lga olingan edi, bulardan 3 nafari chet el fuqarosi.

524189
Otaturk aeroportidagi terrorchilik harakatiga doir tergov doirasida 17 shaxs qamoqqa olindi

Istanbulda Xalqaro Otaturk aeroportida sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga doir tergov davom etmoqda.

Tergov doirasida voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan 17 shaxs so’roqqa tutildi.

Prokuratura tomonidan Bakirko’y Sulh Jazo sudiga topshirilgan 17 shaxs qamoqqa olindi.

Bulardan 11 nafari chet el millatiga mansub.

Bakirko’y Respublika Bosh Prokuraturasi tomonidan yuritilgan tergov doirasida, Istanbul Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo’lga olinib, adliy idoralarga topshirilgan 17 shaxsni qamoqqa olish talabi bilan sudga topshirilgan edi.

Eslatma: Istanbuldagi terrorchilik harakatiga doir yuritilgan tergov doirasida avvalgi kuni ham 13 shaxs qo’lga olingan edi, bulardan 3 nafari chet el fuqarosi.

 

 



Aloqador xabarlar