Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Rossiyaga otlanmoqda

Joriy yilning 1 iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida Qoradengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

519684

Mazkur yig’ilishga Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ishtirok etadi.

Mevlut Chavushog’lu shu munosabat bilan Rossiyaga otlanmoqda.

Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Moldaviya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Bolgariya, Ruminiyadan tashkil topgan Qoradengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik asosida Qoradengiz havzasida tinchlik va barqarorlik o’rnatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Aloqador xabarlar