Turkiya, Muhammad Mursiyga berilgan jazoni keskin qoraladi

Misr poytaxti Qohira mahkamasi mamlakatning sobiq Prezidenti Muhammad Mursiyni “bir umrlik qamoq jazosiga” hukm qilgan edi.

513871
Turkiya, Muhammad Mursiyga berilgan jazoni keskin qoraladi

Turkiya, Misrda hokimiyatdan ag’darilgan sobiq Prezident Muhammad Mursiyga berilgan “40 yillik qamoq jazosini” keskin qoraladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bu haqida;

“Misrning demokratik yo’llar orqali saylangan va 2013-yildan beri qamoqda tutilgan Prezidenti Muhammad Mursiyning “bir umrlik qamoq jazosiga” hukm qilinishi bizni judayam tashvishga soldi. Biz bu hukmni keskin qoralaymiz. Bu qarorning Misrning tinchligiga hech qanday hissa qo’shmasligiga ishonchimiz komil” dedi.

Misr poytaxti Qohira mahkamasi mamlakatning sobiq Prezidenti Muhammad Mursiyni Misrda man etilgan “Musulmon birodarligi” islomiy tashkilotini boshqarganlikda ayblab 25 yil, davlatga oid yashirin hujjatlarni Qatar foydasiga josuslik qilganlikda ayblab 15 yil qamoq jazosiga hukm qilgan edi.  



Aloqador xabarlar