Midyatdagi terakt oqibatida, yana bir politsiya xodimi shahid bo’ldi

Kecha PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan bomba yuklangan mashina orqali Mardin viloyati, Midyat tumani, Bahchelievler mahallasi, Nusaybin ko’chasida joylashgan Milliy politsiya idorasiga qarshi hujum uyushtirilgan edi.

507314
Midyatdagi terakt oqibatida, yana bir politsiya xodimi shahid bo’ldi

Turkiyaning Mardin viloyati, Midyat tumanida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan amalga oshirilgan terakt oqibatida tan jarohati olgan politsiya xodimlaridan yana biri Diyarbakirdagi Harbiy kasalxonada shahid bo’ldi.

Mardin viloyati, Midyat tumani, Bahchelievler mahallasi, Nusaybin ko’chasida joylashgan Milliy politsiya idorasiga qarshi kecha PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirilgan edi. Huddi ana shu hujum oqibatida 2 nafar ayol politsiya xodimi shahid bo’lib, 3 nafar tinch aholi jon bergan edi. Undan tashqari 51 kishi tan jarohati olgan. Tan jarohati olganlardan 23 nafari esa tinch aholidan iborat.

Hujumda shahid bo’lgan politsiya xodimlaridan birining, 6 oylik homila ekanligi ma’lum bo’lgan edi.

Tan jarohati olganlardan ko’pchiligining bolalardan iborat ekanligi aniqlangan va 500 kilogramlik portlaguvchi moddadan foydalanilgan hujumda bir necha uy-joylaru, ishxona binolari ham ziyon ko’rgan.


Tanlangan kalimalar: #Midyat , #terakt , #shahid

Aloqador xabarlar